Kafedramiz olimlari davlatimiz iqtisodiy siyosatining quyidagi ustivor yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib bormoqdalar:
• Jismoniy tarbiya bo‘yicha mutahassislarning kasbiy tayyorgarligini modernizasiyalashning innovasion texnologiyalari;
• Maktabgacha ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiyaning dolzarb muammolari;
• Talabalarni sport mashg‘ulotlariga jalb qilish va musobaqalarga ilmiy-uslubiy, psixologik-pedagogik tayyorlash;
• Kurashchilarni musobaqa davri ish faoliyatini nazorat qilish metodikasi.
• Maxsus jismoniy mashqlar majmualari yordamida bolalarda qomatning buzilishini oldini olishning ilmiy-usuliy asoslari;
• Orolbo‘yidagi noqulay iqlimiy sharoitlarda yashovchi maktab o‘quvchilarini jismoniy tayyorlashning nazariy-usuliy asoslari;
• Umumta’lim maktablarida jismoniy tarbiya darslari samaradorligini oshirishda yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llash, hamda maktab yoshidagi o‘quvchilarning jismoniy rivojlanishida ekologiyaning ta’sirini o‘rganish;
• Ta’lim tizimida ta’lim samaradorligini oshirishning pedagogik va psixologik muammolari.