Axborot xavfsizligi kafedrasi Kompyuter injiniringi fakulteti tarkibida      2022 yil tashkil topdi. Kafedra tuzilishidan maqsad O‘zbekiston Respublikasiga yuqori malakali axborot xavfsizligini ta’minlovchi mutaxasislar tayyorlashdan iboratdir. Hozirgi kunda kafedrada 2 nafar professor, 1 nafar dotsent, 3 nafar katta o’qituvchi, 3 nafar assistant-o‘qituvchilar va 1 nafar stajyor-o’qituvchi pedagagik va ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. Kafedra professor–o’qituvchilari tomonidan hozirgi kungacha 1 ta monografiya va 2 ta o‘quv-qo‘llanma tayyorlandi. Kafedrada jami o‘qitiladigan fanlar soni 24 ta bo‘lib, ularning ishchi dasturlari, kalendar rejalari va ma’ruza matnlari tayyorlandi. Kafedrada 60610200 - “Axborot xavfsizligi” yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriyat va 70610202 – “Axborot xavfsizligi” yo‘nalishi bo‘yicha magistratura talabalari tahsil olishadi. So‘nggi yillarda professor–o’qituvchilari tomonida 22 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etildi. Shuningdek, kafedrada 2 ta mustaqil izlanuvchilar faoliyat olib bormoqda.

 

Bakalavriat

60610200- Axborot xavfsizligi

Magistratura

70610202 – Axborot xavfsizligi 

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar

 

Bakalavriatura:

  • Kiberxavfsizlik asoslari
  • Kiberxavfsizlik siyosati
  • Dasturiy vositalar xavfsizligi
  • Foydalanishni boshqarish
  • Kiberhuquq va kiber-etika
  • Muhandislik grafikasi
  • Muhandislik va kompyuter grafikasi
  • Operatsion tizimlar
  • Kriptografiya 1
  • Kriptografiya 2
  • Operatsion tizimlar
  • Tarmoq xavfsizligi
  • Kriptografiyaning matematik asosi
  • Foydalanishlarni boshqarish
  • Ochiq kodli OT xavfsizligi
  • Axborotni himoya qilishning dasturiy va apparat vositalari
  • Dasturiy vositalar xavfsizligi

 

Magistratura:

  • Biznesning uzluksizligi va avariyaviy tiklash
  • Komputer kriminalistikasi
  • Xavfsiz dasturiy vositalarni ishlab chiqish
  • Axborot xavfsizligini boshqarish metodologiyasi
  • Axborot nazariyasi va kodlash