Urganch davlat universitetining 2024/2025-o’quv yili qabuli uchun xorijiy oliy talim muassasalari bilan hamkorlikda tashkil etilgan qo’shma ta’lim dasturlariga qabul boshlandi.
- 2024-2025-o'quv yilida Urganch davlat universitetida tashkil etilgan qo'shma taʼlim dasturlari uchun ajratilgan qabul kvotalari rasman tasdiqlangan.
- Hozirda oliygohimizda magistratura mutaxassisligi uchun quyidagi 2 ta qoʻshma ta’lim dasturi mavjud:
- Belarus milliy texnika universiteti bilan hamkorlikdagi Iqtisodiyot mutaxassisligi: 1+1 (kunduzgi, 6 nafar);
- Turkiyaning Ege universiteti bilan hamkorlikdagi Lingvistika: nemis tili mutaxassisligi: 1+1 (kunduzgi, 5 nafar).
- Oʻqishni xohlovchilar ushbu havola orqali roʻyxatdan oʻtishlari soʻraladi. (https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSeF5GtsYNgRIyqbH6m6c1ScY5RLSY_SEOic2UgmjBGqYl3rAA/viewform)
- Arizalar 15-sentabrga qadar qabul qilinadi.
Qoʻshimcha ma’lumotlar uchun:
Xalqaro hamkorlik bo’limi (https://t.me/UrDU_XAB)
☎️+998622246611