Tashqi ishlar vazirligining 2025-yil 28-martdagi 01-18-18/6929-sonli xatiga muvofiq, Misrning Islom hamkorlik tashkiloti huzuridagi doimiy vakolatxonasi (Jidda shahri) Gamal Abdel Naser nomidagi xalqaro liderlik dasturida ishtirok etish uchun hujjatlar qabul qilinayotganligini ma'lum qiladi.
Dasturning muddati – joriy yil 10-15 may kunlari. Xalqaro aviachiptalardan tashqari sarf - xarajatlar tashkilotchilar tomonidan qoplanilishi ko‘zda tutilgan.
Gamal Abdel Naser dasturi bo‘yicha umumiy ma’lumotlar hamda tanlovda ishtirok etish shartlari, qo‘shimcha ma’lumotlar va arizalarni online taqdim etish uchun quyidagi rasmiy veb-saytdan foydalanish mumkin: https://nasserforum.com/apply.
Hujjat topshirishning oxirgi muddati joriy yil 10-aprel sanasi etib belgilangan.