"Kelajakka qadam" — yoshlar uchun yangi imkoniyatlar maydoni!
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida bitiruvchi talabalar bandligini ta'minlash va ularni o‘z-o‘zini mehnat faoliyatiga jalb qilishga ko‘maklashish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Milliy banki (O‘zMilliyBank AJ) tomonidan yaratilgan “Kelajakka qadam” dasturi yo'lga qo‘yildi va loyiha uchun maxsus xona tashkil etildi.
Dasturdan asosiy maqsad:
Bitiruvchi bosqich talabalarning biznes g‘oyalarini real loyihaga aylantirishiga yordam berish;
O‘z biznesingizni yo‘lga qo‘yishda amaliy maslahatlar, moliyaviy savodxonlik va mentorlik ko‘magini taqdim etish;
Talabalarning mehnat bozoriga tayyor holda chiqishlariga ko‘maklashish.
Kimlar ishtirok etishi mumkin?
Universitetning bitiruvchi bosqich talabalari;
O‘z biznes g‘oyasiga ega bo‘lgan yoki startap loyihani boshlashni istagan yoshlar.
Manzil:
Universitet asosiy binosi, 126-xona.
Aziz talabalar, “Kelajakka qadam” dasturi imkoniyatlaridan foydalaning va o‘z g‘oyalaringizni kelajagingizga aylantiring!