E’LON!

Urganch davlat universiteti professor-o‘qituvchilari, yosh olimlar hamda talabalari diqqatiga! Tanlov «BEST-2020»

Intellektual mulk agentligining «BEST-2020» tanlovi e’lon qilinadi. Tanlov Respublikada eng yaxshi intellektual mulk ob’ektlarini aniqlash va huquq egalarini mukofotlash orqali ixtirochilik va ilmiy-texnikaviy ijodni rag‘batlantirish, innovatsion faollikni oshirish, yangi texnika, texnologiya va raqobatbardosh maxsulotlarni yaratishga ko‘maklashish hamda yoshlarni innovatsion ishlanmalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazilmoqda.

Tanlov shartlari bilan Agentlikning rasmiy veb-sayti www.ima.uz saytida batafsil tanishish mumkin.

Tanlovda ishtirok etish uchun hujjatlar elektron tarzda tanlov.ima.uz elektron manzili orqali qabul qilinadi. Tanlovda ishtirok etish hujjatlar 2020 yil 10 apreliga qadar qabul qilinadi.

Murojaat uchun telefon:  +99899 507 15 15, S. Bazarbaev, Universitet patent bo‘yicha muxandisi.

 Sizlardan  ushbu tanlovda faol ishtirok etishingizni so‘rab qolamiz!