Mehr-muruvvat oyligi doirasida Urganch davlat universitetining 2-son talabalar turar joyida 3- dekabr "Xalkaro nogironlar kuni" ga bag‘ishlab tadbir bo'lib o'tdi. Tadbirda dastlab nogironligi bo'lgan insonlarning ijtimoiy axvoli va nogironlik masalalariga bag‘ishlangan videoroliklar, so'ngra "Mijina"" deb nomlangan oilaviy ashula va raks guruxi ishtirokida kontsert dasturi namoyish etildi. Ijtimoiy ximoyaga muxtoj nogironligi bo'lgan talabalarning ijodiy chiqishlari barchaga manzur bo'ldi. Tadbir so'nggida faol qatnashgan jajji qizaloqlarga va talabalarga xomiylar tomonidan sovg'alar ulashildi.Tadbirda UrDU xotin-qizlar ko'mitasi raisi Sh. Nurullaeva nogironligi bo'lgan oilaviy ansambl dastasi, 4.-son tarbiyachi pedagog J. Raximov va 2-.4 son binosining talabalari ishtirok etdi . Tadbirni tarbiyachi pedagog Z. Yakubova olib bordi.