Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori UrDUda...

Bugun “Turizm ta’limi beruvchi oliy ta’lim muassasalari rektorlari forumi” doirasida Urganch davlat universitetida boʻlib turgan Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori Gulchehra Rixsiyeva universitet rektori Baxrom Abdullayev hamrohligida oliygohda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Dastlab rektorlar talabalarni sportga keng jalb qilish va sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish borasida yanada qulay sharoitlar yaratish maqsadida universitet hududida yangi bunyod etilayotgan sport kompleksini borib ko’rishdi.

Shundan so’ng, oliygohimiz talabalari uchun qulay va zamonaviy yashash sharoitlarini taʼminlash maqsadida barpo etilgan 5-son talabalar turar joyida boʻlib, yashash xonalari, dars xonalari, kutubxona, maʼnaviyat xonasi, oshxonalar hamda Kovorking markazining sharoitlarini koʻzdan kechirishdi.

Shuningdek, 5-o‘quv binosi bilan yaqindan tanishib, u yerda faoliyat yuritayotgan “Registration ofis”ga alohida e'tibor qaratildi, ushbu yangi tizim qulayliklari haqida masʼullar tomonidan taqdimot qilindi.  Shu bilan birga, binoning maʼruza zallari, oʻquv-laboratoriya xonalari, talabalarning dam olish joylari, kompyuter xonalarida boʼlib, u yerdagi o’ziga xoslik,  qulayliklar hamda binoning jihozlanishi qadrli mehmonimiz tomonidan alohida e’tirof etildi.