Urganch davlat universiteti Talabalar turar joylarining yangi o‘quv yilida talabalarni qabul qilishga tayyorgarligi yuzasidan MA'LUMOT

Urganch davlat universitetida 7 ta talabalar turar joylari mavjud bo‘lib, shundan, 5 ta TTJ binolari (1-, 2-, 3-, 4-, 5-sonli TTJlar) Urganch shahar, Hamid Olimjon ko‘chasi 14-uyda va 1 ta bino (6-sonli TTJ) Urganch shahar Gurlan ko‘chasi 1-uyda va yana 1 ta bino (7-son TTJ) Urganch tuman Mustaqillik ko‘chasi 43-uyda joylashgan. 2024/2025-o‘quv yilidan ehtiyojni qondirish maqsadida ikki yarusli krovatlar hisobiga qo‘shimcha o‘rinlar yaratilib, jami 3235 ta o‘ringa yetkazilgan. TTJda yashovchi talabalarga sharoit yaratish maqsadida jami 818 ta (40 ta 2 kishilik, 66 ta 3 kishilik, 423 ta 4 kishilik va 289 ta 5 kishilik) yashash xonalari mavjud. Shundan 5-TTJ 1-qavati 70 o‘rin nogiron va imkoniyati cheklangan talabalar uchun ajratilgan xonalardan iborat. Bundan tashqari 47 ta yuvinish, 47 ta hojatxona, 32 ta kir yuvish, 39 ta dazmollash, 51 ta oshxona, mavjud.

Talabalar turar joylarining barchasi joriy ta’mirlash ishlari nihoyasiga yetkazilib, xonalar, yo‘laklarning ta’mirlandi va jihozlandi, dezinfeksiya qilindi, ikki qavatli yotoqlar, mebellar o‘rnatildi, kir yuvish, quritish, yuvinish xonalari, hojatxona, besh muhim tashabbus xonalari to‘liq ish holatiga keltirildi.

Har bir talabalar turar joyining o‘quv va kompyuter zallarida hamda fakultetlardagi axborot-resurs markazining axborot-kutubxonalarida jami 18 joyda barcha ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar uchun QR-kodli kitoblar jamlanmasi doskalari mavjud. QR-kodli kitoblar jamlanmasi doskasini tashkil qilishda universitetning professor-o‘qituvchilari, talabalarini badiiy, ilmiy, siyosiy va o‘quv adabiyotlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish hamda axborot-resurs markazi sayti, axborot-resurs markazining raqamli adabiyotlar bazalari, fakultetlarda tashkil qilingan Telegram kanallariga a’zo qilish va internetdan samarali foydalanishni rivojlantirish maqsad qilib qo‘yilgan. Shu asosda QR-kodli kitoblar jamlanmasi doskasi orqali foydalanuvchilar o‘z smartfonlari orqali yaratilgan adabiyotlarni ko‘chirib olish va o‘qish imkoniyati yaratilgan.

Bundan tashqari, Urganch davlat universitetining 1-sonli, 5-sonli, 6- sonli talabalar turar joylari binolarida ham axborot resurs markazining talabalar turar joylaridagi filiallari mavjud.

Talabalar turar joyining binolari yashash xonalari, madaniy dam olish xonalari mebellar bilan jihozlangan. Binolarning har qavatida 2 tadan oshxona mavjud bo‘lib, har bir oshxonada 2 ta 4- kaforkali elektroplita, 2 ta ikki kamerali sovutgich hamda 20 litrli avtomat suv qaynatgich o‘rnatilgan va xonalarni tozalash uchun chang yutkich elektr jihozlari bilan ta’minlangan. Oshxonalar stol va stullar bilan jihozlangan. Oshxonalar sanitariya gigiyena talablariga to‘la javob beradi. 

Urganch davlat universitetining Hamid Olimjon ko‘chasi 14 uyda joylashgan hududda, Urganch shahar Gurlan ko‘chasi 1-uyda joylashgan Texnika fakultetida va Urganch tuman Mustaqillik ko‘chasi 43-uyda joylashgan Kimyoviy texnologiyalar fakulteti hududida turar joylariga ehtiyoji bor talabalarni TTJga va ijaraga  joylashtirishga ko‘maklashuvchi “Talabalar turar joylari va ijara xonadonlari bo‘yicha ma’lumotlar markazi” infokiosklar tashkil etilib mas’ullar va ko‘ngillilar tomonidan ish faoliyatini olib bormoqda.

Ayni paytda universitetga yangi qabul qilingan 1-kurs, 2-kurs va yuqori kurs talabalaridan jami jami 1551 ta onlayn ariza kelib tushgan bo‘lib billing.edu.uz platformasi orqali ustuvorliklar bo‘yicha 1161 nafar talabaga yotoqxonaga joylashtirish uchun yo‘llanmalar berilgan bo‘lib, qolgan talabalarning arizalarini ham platforma orqali ko‘rib chiqib qabul qilish ishlari davom ettirilmoqda.

2-kurs talabalardan 628 nafar, Yuqori kurs talabalari yani 3, 4-kurs talabalardan esa 562 ta onlayn arizalar kelib tushgan bo‘lib ushbu arizalarning barchasi Billing.edu.uz platformasi orqali ijobiy qabul qilinib yo‘llanmalar berilgan. Hozirda ushbu yo‘llanma olgan talabalarning barchasiga xonalar ajratilgan va joylashtirish ishlari jadal suratda olib borilmoqda.