Assalomu alaykum, qadrli yurtdoshlar, hurmatli universitet jamoasi!
O'lkamizga yangilanish, yasharish va mehr-oqibat timsoli bo'lgan bahor fasli kirib kelishi bilan mamlakatimiz bo'ylab orziqib kutilgan Navro'zi olam ham bo'y ko'rsatadi. Ming yillar davomida maʼnaviy hayotimizning koʻrk-u ziynati bo'lib kelayotgan bu ajoyib, xosiyatli bayram bu yil “Qadriyatlaring boqiy bo'lsin, Navro'z!” shiori ostida keng nishonlanmoqda.
Yurtimizda amalga oshirilayotgan barcha islohot va yangilanishlar aynan shu ulug' maqsadga – har kunimiz Navro'z bo'lishiga, yaʼni, xalqimiz hayotining obod va farovon boʻlishiga, oʻtayotgan kunidan rozi bo'lib yashashga qaratilganini barchamiz chuqur his qilamiz.
Aziz va hurmatli professor-oʻqituvchilar, talaba-yoshlar!
Shu fursatdan foydalanib, barchangizni mana shu goʻzal va tarovatli Navroʻz ayyomi bilan chin dildan tabriklayman. Barchangizga, avvalo, sog'lik va omonlik, oilalaringizga tinchlik-xotirjamlik, baxt-saodat tilab qolaman. Ilmiy va pedagogik faoliyatingizda, oʻqishlaringizda omad yor boʻlsin. Navroʻzi olamning hayotbaxsh nuri qalbingizni aslo tark etmasin. Hayotingiz bahor tongidek tiniq, baxtli va farovon bo'lsin!
Navroʻzi olam barchamizga muborak bo'lsin!
Sardor Xodjaniyazov
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti rektori v.v.b.