Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamkorligida viloyatda faoliyat yuritayotgan barcha oliy taʼlim muassasalari rektorlari, prorektorlari hamda masʼul tyutorlari ishtirokida ijarada yashayotgan talabalar yashash sharoitlarini o‘rganish masalasiga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.
Tadbir davomida Favqulodda vaziyatlar, soliq boshqarmalari, hududiy gaz va elektr taʼminoti tashkilotlari mutasaddilari hamda tyutorlardan iborat 20 ta ishchi guruh tuzildi.
Ushbu ishchi guruhlar tomonidan talabalar istiqomat qilayotgan xonadonlarda isitish tizimi va dudbo‘ronlarning sozligi, shuningdek, sanitariya-gigiyena talablari holati atroflicha o‘rganildi. Aniqlangan kamchiliklar joyida bartaraf etildi, xavfli deb topilgan xonadonlarda yashayotgan talabalar esa xavfsiz joylarga ko‘chirildi.


.jpg)
.jpg)
.jpg)
