“Universiada” sport musobaqalari “Basketbol” sport turi bo`yicha Respublika final bosqichining dastlabki musobaqalari 7-yanvar kuni bo`lib o`tdi. Musobaqa ikki o`yindan iborat bo`lib, unda Toshkent viloyati – Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Surxondaryo viloyati – Farg‘ona viloyati jamoalari o`zaro bellashdilar.
Natijalarga ko`ra:
1-o'yin: Toshkent viloyati – Qoraqalpog‘iston Respublikasi 55-44 (Toshkent hisobiga)
2-o'yin: Surxondaryo viloyati – Farg‘ona viloyati 39-36 (Surxondaryo hisobiga)
Eslatib o`tamiz, keyingi o`yin 8-yanvar soat 10:00 da Jismoniy madaniyat fakultetining sport zalida bo`lib o`tadi

