Bugun, 10-aprel kuni Pedagogika fakultetida "Yoshlar orasida jinoyatchilikni oldini olish, ularni ekstremistik g‘oya va boshqa salbiy illatlardan asrash" mavzusida tadbir bo`lib o`tdi.
Unda Pedagogika fakultetining professor-o`qituvchilari va talaba-yoshlari ishtirok etdi. Tadbirni UrDU prorektori S.Davletov kirish so`zi bilan ochib berdi.

Ushbu tadbirga Ar-Roziy Islom bilim yurti rahbari D.Abduqadirov, Xorazm viloyati IIB PPX jamoat tartibini saqlash bo'limi boshlig'i podpolkovnik F.Matkarimov, Urganch shahar Musulmonlar idorasi Xorazm viloyati vakilligi xodimi X.Atajonov, Urganch shahar IIB xodimi X.Saidov va S.Sultonovlar tashrif buyurib, O‘zbekistonda davlat va din munosabatlarining asosiy tamoyillari, ma’naviy tiklanish, umuminsoniy axloqiy qadriyatlarni qaror toptirish ishida turli diniy konfessiyalarning imkoniyatlaridan foydalanish uchun ular bilan hamkorlik qilish, dindan buzg‘unchilik maqsadlarida foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik, bugungi kunda musulmon olamida murakkab ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, tavsiya etilmaydigan sayt va ijtimoiy tarmoqlar kabi bir qator masalalar yuzasidan so`zga chiqib, ma`lumot berdilar.

Tadbir davomida mavzuga oid taqdimotlar namoyish etildi.
