Urganch Davlat universitetining maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladigan onlayn geografiya fan olimpiadasi tashkil qilindi. Urganch Davlat universitetining onlayn geografiya fan olimpiadasi maktab o‘quvchilarining 5-, 6-, 7-, 8-, 9- va 10-sinflari o‘rtasida o‘tkaziladi. Olimpiada onlayn shaklda geografiyaurduolimp.wordpress.com saytida olib boriladi. Olimpiadada qatnashuvchi o’quvchilar 30-noyabr 23:59 gacha sayt orqali ro’yhatdan o’tishi kerak. Olimpiada 1-dekabr kunidan boshlanadi. Olimpiada 2 ta asosiy bosqichdan iborat bo’lib ular: test va amaliy ish. Test bosiqichi 4 ta turdan iborat (har oyda bir tur o‘tkaziladi) va har bir turdagi test sinovi uchun maksimal 25 balldan belgilangan. Umumiy hisobda test bosqichida o’quvchi maksimal 100ball (4*25=100ball) to’plashi mumkin. Test bosqichida 60 ball va undan yuqori to’plagan o’quvchilar keyingi amaliy ish bosqichiga qatnashadilar. Amaliy ish bosqichida o’quvchiga 5 ta amaliy topshiriq beriladi. Har bir topshiriqning to’g’ri bajarilganligiga maksimal 20 ball beriladi. Amaliy ish bosqichida o’quvchi umumiy hisobda 100 ball to’plashi mumkin. (5*20=100 ball). Aynan shu bosqichda olimpiada g’oliblari aniqlanadi. G‘oliblar diplom va estalik sovg‘alari bilan taqdirlanadilar.