O‘zbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasining 12-son bayoni 15 va 16 bandlarida “Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi, ko‘pchilik ota-onalar hamda oliy taʼlim muassasalari rektorlari murojaatlarini inobatga olib, 2021-2022 o‘quv yilida oliy taʼlim muassasalari baklavriati va magistraturaga to‘lov-kontrakt, jumladan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya qilingan abiturientlar, o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan) va qayta tiklangan talablar o‘qishi uchun to‘lov haqini o‘tkazish hamda talabalar safiga qabul qilshni rasmiylashtirishning so‘ngi muddati 2022-yilning 1-marti etib belgilansin.”deb belgilangan. Shunga ko‘ra universitetda talabalikka tavsiya etilgan, shuningdek, o‘qishi ko‘chirilgan va tiklangan talabalrga dars mashg‘ulotlariga to‘liq o‘zlashtirishlarini ta‘minlash maqsadida ular uchun alohida grafik ishlab chiqiladi va shu asosda qo‘shimcha dars mashg‘ulotlari tashkil etiladi.