Xalqaro atom energiyasi bo‘yicha agentlik (МАГАТЭ) tomonidan “IAEA Marie Sklodowska-Curie Fellowship Programme (MSCFP)” bo‘yicha 2022-2023 va 2023-2024-yillar uchun magistrlik dasturiga tanlov e’lon qilingan.
Dastur maqsadi – ayol talabalarni yadro fani va texnologiyasiga jalb qilish va ularning ushbu sohadagi umumiy ishtirokini oshirish.
Xalqaro atom energiyasi bo‘yicha agentlik dasturiga 2022-yil uchun nomzod tavsiya etish muddati - 2022-yil 15-iyuldan 30-sentabrga qadar.
Magistrlik dasturiga tanlov to‘g‘risidagi batafsil ma’lumot bilan quyidagi veb-sahifa orqali tanishib chiqish mumkin: www.iaea.org/MSCFP