Urganch davlat universiteti ma'muriyati mahoratli, tashabbuskor, kreativ, bilimli va salohiyatli ilmiy-pedagogik kadrlar va magistratura bosqichini yakunlagan mutaxassislardan iborat professor-o‘qituvchilar zaxirasini shakllantirish maqsadida maxsus elektron platformani ishga tushurilganligini
E’LON QILADI
Buning uchun https://zaxirakadr.urdu.uz/ elektron tizimi orqali onlayn ro‘yhatdan o‘tishingiz va talab qilingan hujjatlarni yuklashingiz so‘raladi.
Ro‘yhatdan o‘tishning dastlabki muddati 2023-yilning 20-avgustigacha (shu kuni ham) davom etadi.
Zaxira o‘rinlar haqidagi ma’lumotlarni quyidagi elektron manzildan olish mumkin: https://urdu.uz/uz
Kadrlar zaxirasidan nomzodlarni ishga qabul qilish jarayoni amaldagi Mehnat kodeksi va Ish beruvchi tomonidan ishga qabul qilish chog‘ida o‘tkaziladigan tanlov TARTIBI asosida amalga oshiriladi.
Kadrlar zaxirasidan vakant o’rinlarga nomzodlarni tanlashda malaka talablariga mosligi, nomzod tomonidan https://zaxirakadr.urdu.uz/ elektron tizimiga yuklangan hujjatlar asosida o’rganiladi.
Talabgorlar mutaxassisligi bo'yicha test hamda suhbatdan o’tkaziladi.
Tanlovning test va suhbat jarayonlari video kuzatuvi bilan amalga oshiriladi.
Manzil: Urganch shahri, H.Olimjon ko‘chasi 14-uy.