Innovatsion rivojlanish agentligi (Agentlik) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Turkiya Respublikasiga oliy darajadagi tashrifi doirasida imzolangan hujjatlarni amalga oshirish bo‘yicha amaliy harakatlar rejasi (Yo‘l xaritasi)da Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlashga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar rejasi tegishli bandlariga muvofiq yosh olimlarni xorijiy tashkilotlarga qisqa muddatli ilmiy stajirovkaga (stajirovka) yuborish bo‘yicha maqsadli tanlov e’lon qiladi.
Stajirovka o‘tash uchun 40 nafar yosh olim saralab olinadi va tanlov g‘oliblari 1-ilovada keltirilgan yo‘nalishlar taqsimotida belgilangan vazifalarni bajarish uchun Turkiyaning “BALIKESIR” universitetiga 2025-yil davomida 30 kunlik muddatga ikki bosqichda (20 nafardan) stajirovkaga yuboriladi.
Oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlar (buyurtmachilar) stajirovka o‘tashga tavsiya qilinuvchi (ehtiyoji mavjud) nomzodlar to‘g‘risidagi ma’lumot (hujjat)larni 2-ilovaga muvofiq belgilangan tartibda 2025-yilning 5-mart (mazkur sanada ham qabul qilinadi) sanasiga qadar 3-ilovadagi stajirovkaga yuborish rejasini ma’lumot (hujjat)larga ilova qilgan holda Agentlikka taqdim etishlari mumkin.
Nomzodlar to‘g‘risidagi ma’lumot (hujjat)lar buyurtmachi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-apreldagi 222-son qarori bilan tasdiqlangan “Yosh olimlarni yetakchi xorijiy ilmiy tashkilotlarga qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish tartibi to‘g‘risida”gi nizom talablariga muvofiq rasmiylashtirilganva umumlashtirilgan holda Agentlikka “internship.ilmiy.uz” xorijiy ilmiy stajirovkalarni tashkil etishning yagona elektron tizimi orqali taqdim etiladi.
Nomzodlarni tavsiya etish jarayonining holisligini va taqdim etilayotgan ma’lumot (hujjat)larning to‘liqligi, haqqoniyligi shu bilan birga, tavsiya etilgan nomzodlarni saralash tanlovlarda ishtirokini ta’minlash buyurtmachi rahbari zimmasiga yuklanadi.
Tanlov haqida qo‘shimcha ma’lumotlar olish uchun Agentlik mas’ul xodimlari:
Ilmiy stajirovkalarni va laboratoriya asbob-uskunalari xaridini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i Taxirov Sarvarbek Matchanovich, telefon: (71) 203 32 23 (ichki raqam 655), elektron manzil: s.takhirov@ilmiy.uz;
Ilmiy stajirovkalarni va laboratoriya asbob-uskunalari xaridini tashkil etish bo‘limi bosh mutaxassisi Kabashev Toirjon Perdebayevich, telefon: (71) 203 32 23 (ichki raqam 656), elektron manzil: t.kabashev@ilmiy.uz;
Axborot tizimiga texnik tomondan qo‘llab qo‘vatlash uchun mas’ul AKTni joriy etish va raqamlashtirish boshqarmasi bosh mutaxassisi Tojiyev Sardor Azimqul o‘g‘li, telefon: (71) 203 32 23 (ichki raqam 647), elektron manzil: s.tojiyev@ilmiy.uz.
Ma’lumot uchun: tavsiya etilgan nomzodlar to‘g‘risidagi ma’lumot (hujjat)lar qo‘shimcha ma’lumotlar olish uchun keltirilgan Agentlik xodimlari elektron manziliga yuborilmaydi. Yuborilgan ma’lumot (hujjat)lar ko‘rib chiqilmaydi.