«Ishonch» va « Ishonch -Doverie» gazetalarining 2019 yil 12 noyabrdagi 137-sonida «Stipendiya qachon beriladi?» sarlavhasi ostida chop etilgan maqoladagi holatlar o‘rganilganda kontrakt to‘lovini kechroq amalga oshirgan ayrim talabalarning buyruqlari rasmiylashtirish jarayoni (to‘lovlarni amalga oshirish va tasdiqlovchi kvitantsiyalarni vaqtida taqdim qilishga bog‘liq holda) kechikkanligi sababli stipendiya olishmagani ma’lum bo‘ldi. Bu holatni bartaraf qilish bo‘yicha  zarur choralar ko‘rildi, shartnoma to‘lovlarini bajargan ayrim talabalarning stipendiya buyruqlari tez muddatda rasmiylashtirilib, buxgalteriyaga taqdim qilindi va stipendiya to‘lovlari amalga oshirildi.   
Talabalarga stipendiya to‘lovlari bilan bog‘liq muammo va e’tirozlar bo‘lganda universitet rahbariyatiga murojaat qilishingiz so‘raladi.

Urganch davlat universiteti matbuot xizmati