
2021-2022 o‘quv yili uchun Urganch davlat universiteti huzurida fizika-matematika va informatika fanlariga ixtisoslashtirilgan maktabga qabul boshlandi. Fizika-matematika va informatika fanlariga ixtisoslashtirilgan maktabga bu yilgi o‘quv yilida aniq fanlar (texnika va iqtisod) yo'nalishi bo‘yicha umumta’lim maktablarining 7-, 8- va 9-sinf o‘quvchilarini qabul qilinadi. O‘quvchilar yotoqxona bilan ta’minlanadi. Qabul shu yilning 14-avgustdan 24-avgustga qadar davom etadi .
Qabul uchun quyidagi hujjatlar topshiriladi:
- Ixtisoslashtirilgan maktab direktori nomiga ariza;
- Tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi;
- 3x4 hajmdagi 6 dona fotosurat;
- Psixologik-pedagogik diagnostika daftari asosida o‘quvchining qiziqishlari, o‘quv fanlarini o‘zlashtirish haqida tasdiqlangan tavsiyanoma.
Qabul kvotasi
| # | Sinf va yo’nalish | o’quvchilar soni |
| 1 | 7 - sinf ( aniq fanlar – texnika ) | 30 |
| 2 | 7 - sinf ( aniq fanlar – iqtisod ) | 30 |
| 3 | 8 - sinf ( aniq fanlar – texnika ) | 30 |
| 4 | 8 – sinf ( aniq fanlar – iqtisod ) | 30 |
| 5 | 9 - sinf ( aniq fanlar – texnika ) | 30 |
| 6 | 9 - sinf ( aniq fanlar – iqtisod ) | 30 |
| Jami | 180 |
Murojaat uchun telefonlar:
+998-90-557-57-67;
+998-62-224-66-32
Manzil: Urganch shahar 6- son maktab, H.Olimjon ko'chasi 4-uy