Hashar xalqimizning qadimiy va asl qadriyatlaridan biridir. Uning zamirida obodlik, hamjihatlik, mehr-oqibat, xayr-saxovat, bunyodkorlik mujassam.
21-avgust — umumxalq obodonlashtirish xayriya hashari kuni
Sana munosabati bilan, bugun 21-avgust kuni erta tongdan Urganch davlat universiteti rahbariyati, professor-o‘qituvchilar hamda ishchi-xodimlari universitet hovlisi, ochiq maydonlar, ariq va ko‘chalarini tozalash, obodonlashtirish ishlariga bel bog‘lashdi.
Jarayon davomida hududlar begona o‘tlardan tozalandi, daraxtlarning ortiqcha shox-shabbalari kesildi va oqlandi, universitet atroflari supurilib, suvlar sepildi. O‘quv binolari va talabalar turar joylarining atroflarida tozalik va ta’mirlash ishlari olib borildi.
"Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!" shiori ostida yurtimiz bo`ylab o‘tkazilayotgan ushbu xayriya hashari vatanimizni yanada obod etish, shu bilan birga, xalqimiz ruhiyatini ko‘tarish, milliy qadriyatlarimizni ulug‘lash va mustaqilligimizning 30 yillik bayramini munosib kutib olishga xizmat qiladi.


.jpg)






