2021-yil 6-sentabr kuni Urganch davlat universitetida Xorazm Ma’mun akademiyasi, Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti, “Beruniy avlodlari” jamoat fondi bilan hamkorlikda buyuk alloma Abu Rayhon Beruniy tug‘ilgan kunining 1048 yilligiga bag‘ishlab, “Abu Rayhon Beruniy merosi va hozirgi zamon” mavzusida ilmiy anjuman bo`lib o`tdi.
Anjumanda Xorazm Ma’mun akademiyasi olimlari, Urganch davlat universiteti professor-o`qituvchilari va talabalari, O`zbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi olimlari, “Beruniy avlodlari” jamoat fondi vakillari va boshqalar ishtirok etdi.
Anjuman ishini Xorazm Ma’mun akademiyasi raisi, biologiya fanlari doktori, professor Ikram Abdullayev hamda Urganch davlat universiteti Yoshlar masalalari, ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha prorektori, tarix fanlari doktori Sanjar Davletovlar kirish so`zi bilan ochib berib, bu seminar ishi talabalarni, yosh tadqiqotchilarni ilmiy yo‘nalishda tarbiyalashda va olim sifatida shakllantirishdagi amaliy ahamiyati xususida alohida to`xtaldilar.
Mamlakatimiz taraqqiyotining yangi bosqichiga qadam qo‘yilgan hozirgi davrda Uchinchi renessans poydevorini yaratishga bel bog`lagan Yangi O`zbekistonda buyuk allomalarimizning bebaho merosini chuqur o`rganish va uni keng jamoatchilikka yetkazish masalalari ustuvor masalalardan biriga aylangan. Chunki, raqobatbardosh kadrlarga extiyoj tobora kuchayib borayotgan hozirgi zamonda ilm fanning o`rni beqiyosdir.
Anjumanda O`zbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi, Urganch davlat universiteti va respublikamiznining qator oliy ta'lim muassasalari va ilmiy tadqiqot institutlari olimlari, yetuk mutaxassislari ilmiy ma`ruzalar qildilar.
Anjuman ishi davom etmoqda.



.jpg)
