Xotin-qizlarni sog‘ligini mustahkamlash, ularni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ommaviy tarzda sport bilan shug‘ullanishlariga sharoit yaratish maqsadida, shuningdek Xorazm viloyat Kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi rayosat qaroriga muvofiq 2021-yil 19-mart kuni ayollar o’rtasida sportning “Stritbol” turi bo‘yicha sport musobaqasi o`tkazildi. Ushbu musobaqa viloyat miqyosida Urganch shahridagi “Yoshlik” sport majmuasida o‘tkazildi.
Unda Urganch davlat universitetining ayol professor-o`qituvchilari D.Urazbayeva, N.Jumaniyozova, B.Gulimetova hamda Ch.Sabirovalar ishtirok etdi.


