2019 – yil 17-19 iyul kunlari Urganch davlat universiteti rektori B. Abdullayev boshchiligida universitet prorektorlari va dekan o’rinbosarlari ijarada yashovchi talaba yoshlarning xonadonlariga tashrif buyurdilar. Tashrif mobaynida talabalarning yashash joyidagi shart-sharoitlar ko’zdan kechirilib, mahallada istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan suhbatlashdilar.
