Respublikamizning bir qancha oliy o'quv yurtlarida o'tkazilgan kasbiy(ijodiy) imtihonlar haqidagi xabarlar oqimi to'xtamaydi.
Bugun Urganch davlat universitetida bo'lib o'tgan jismoniy madaniyat, musiqa va chizmachilik yo'nalishlari bo'yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlarda imtihonlar shaffofligini ta'minlash maqsadida, Xorazm viloyati xalq deputatlari vakillari ham bevosita ishtirok etdilar.