Bayrut shahrida o'tkazilgan Dzyudo kurashi boʻyicha o'smirlar va yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida Jismoniy madaniyat fakultetining 3 nafar talabalari Halimaxon Qurbanova, Sita Qadamboyeva va Shukurjon Aminovalar Osiyo chempioni bo`ldilar.
Ushbu buyuk gʻalabalar nafaqat Urganch davlat universitetining balki butun respublikamizning ulkan yutugʻidir.
Chempionlarimizni hamda ularning murabbiylari-yu ustozlari va barcha universitet jamoasini navbatdagi gʻalaba bilan samimiy tabriklaymiz. Yutuqlar bardavom boʻlaversin.


