Tadbirda Urganch davlat universiteti prorektori, tarix fanlari doktori, S.Davletov, Urganch tuman Adliya bўlimi bosh mutaxassisi A.Boltayev va Urganch davlat universiteti ma'naviyat va ma'rifat bo'limi boshlig'i Sh.Allaberganov ishtirok qildi. Urganch tuman Adliya bo'limi bosh mutaxassisi A.Boltayev so'zga chiqib bugungi kunda mamlakatimizda odam savdosining oldini olishga qaratilayotgan chora-tadbirlarga alohida to'xtalib o'tdi. Tadbir so'nggida universitet professor-o'qituvchilari va talaba-yoshlari o'z fikr-mulohazalarini bildirib o'tishdi.