✔️2022-yil 14-yanvar kuni UrDU Texnika fakultetining "Qurilish" kafedrasi professor-o'qituvchilari va AQSH Kaliforniyaning Berkley universiteti olimlari bilan Zoom dasturi orqali onlayn seminar boʻlib oʻtdi.
✔️Seminar ishida kelgusida ikki universitet oʻrtasidagi ilmiy hamkorlik masalalari muhokama qilinib, ilmiy ishlarning "yo'l xaritasi" belgilab olindi.
✔️Olib borilishi zarur boʻlgan ilmiy- tadqiqot ishlari va ulardan kutilayotgan natijalar haqida oʻzaro fikr almashilib, vazifalar belgilab olindi.
✔️Ikki tomon uchun ham foydali boʻlgan ushbu xalqaro seminar yakunida Berkley universiteti olimlari Xorazmning qadimiy obidalarini o'rganish uchun hamisha tayyor ekanliklarini mamnuniyat bilan izhor etdilar.