Olimjon Saidmamatov va Dr.Umidjon Matyakubov Purdue universiteti (AQSH) professori Jonathon Day bilan birgalikda UNiCEN dasturi doirasida “Developing MOOC on Ecotourism of Uzbekistan” loyihasini amalga oshirdi va loyiha jamoasi 2021-yilda quyidagi natijalarga erishdi:
1. Akademik natijalar. Loyiha maqsadlariga koʻra, asosiy maqsad - Oʻzbekiston turizm sohasida birinchi onlayn ochiq oʻquv materiali - MOOC (Massive Online Open Course) yaratishdan iborat. Yaratilgan MOOC EdX platformasiga muvaffaqiyatli yuklandi va Jahon bankining CAWEP loyihasi yordamida EdX platformasiga kiritilindi. Endilikda MOOC dan o`rganuvchilar foydalanishi mumkin: https://edx.cakn.online/courses/course-v1:ursu+uz-ecoturism+2021C2/about
2. Ilmiy natijalar. 2021-yil davomida, prof.Jonathon Day rahbarligida jamoa yetakchi ilmiy jurnallarda uchta maqola chop qilishga muvaffaq bo'ldi.
- O.Saidmamatov, U.Matyakubov, E.Khodjaniyazov, J.Day, P.Marty, J.Zhao (2022). The impact of Central Asian tourists’ risk perception on their travel intentions during the COVID-19. Turyzm/Tourism 31(2), 133-154. https://doi.org/10.18778/0867-5856.31.2.08
- O.Saidmamatov, U.Matyakubov, J.Day, P.Marty, E.Khodjaniyazov, E.Ibadullaev, D.Bekjanov, M.Matniyozov, B.Matyusupov. (2021). "Impact of COVID-19 on the Tourism Industry of Uzbekistan and State Support during the Pandemic", Chen, J.S. (Ed.) Advances in Hospitality and Leisure ,Vol. 17, Emerald Publishing Limited, Bingley, 163-174. https://doi.org/10.1108/S1745-354220210000017009
- O.Saidmamatov, U.Matyakubov, E.Khodjaniyazov, J.Day, E.Ibadullaev, S.Chuponov, D.Bekjanov, M.Matniyozov, B.Matyusupov (2021). TOWS analysis for sustainable ecotourism development and state support during the pandemic: The Aral Sea region of Uzbekistan. Turyzm/Tourism, 31(1), 47-56. https://doi.org/10.18778/0867-5856.31.1.16
3. Amaliy natijalar. Loyiha jamoasi 2021-yil avgust oyida 17 ta ekoturizm manzillariga ekskursiya o‘tkazdi va ekoturizm yo‘nalishlari bo‘yicha video materiallarni yozib oldi. Ushbu video qo`llanmalardan endilikda talabalarga ekoturizm fanini o‘rgatishda foydalanish mumkin. Quyida har bir ekoturizm manzilini yaxshiroq tavsiflovchi YouTube havolalari joylashgan. Video materiallar barcha uchun ochiq va siz ulardan ekoturizm fanini o'qitishda va o`rganishda foydalanishingiz mumkin.
- Akchako`l https://youtu.be/YBdlh0P8iJE
- Amudaryo https://youtu.be/nxZhGz1fPGg
- Orol dengizi https://youtu.be/Kc-iEQ12M7Q
- Aydarko`l https://youtu.be/k7iskyYU28U
- Baday To`g`oy tabiat qo`riqxonasi https://youtu.be/HPypBnDuELk
- Chorvoq ko`li https://youtu.be/WW_UAjuexdU
- Chotqol tizmasi https://youtu.be/4Z-TuzaRs7M
- Jayron eko-markazi https://youtu.be/f6qU-vhBK3s
- Kitob davlat geologic qo`riqxonasi: https://youtu.be/0Ydx8SRDcRU
- Majrum qishlog`i https://youtu.be/MjrrWzDxRRQ
- Nurota tabiat qo`riqxonasi https://youtu.be/HroPacFv7E8
- Nurota tog` tizmasi https://youtu.be/MaqPCjI2JrE
- Qalajiq ko`li https://youtu.be/n_4IEE8hR0s
- Sentab qishlog`i https://youtu.be/OiOX3oSiJYg
- Ugam Chotqol tabiat parki https://youtu.be/OZdApp5x_V0
- Ustyurt plato kanyonlari https://youtu.be/Nm_xvD6UvsQ
- Zomin tabiat parki https://youtu.be/ghYu4_HM0_U
- Loyiha barqarorligi. Erishilgan natijalarning barqarorligi sifatida, loyiha jamoasi YUNESKO tashkiloti tomonidan Orolbo'yi hududida mahalliy aholining turizm qobiliyatlarini oshirish bo`yicha grant sovrindori bo`ldi. Bundan tashqari, Turizm va mehmonxona xo`jaligini boshqarish kafеdrasi xodimlari jahonning yetakchi professor-o‘qituvchilari bilan konferensiyalar tashkil etish, ilmiy maqolalar yozish, almashinuv dasturlar tashkil qilishda faol hamkorlik qilmoqdalar.