15-fevral kuni UrDU Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayns-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i H.Shihova tomonidan Kimyo-texnologiya fakultetining 3-kurs 191-192-193-XTF guruhi talabalari bilan ochiq muloqot o'tkazildi.
Uchrashuvda bugungi kunda universitetda "Korrupsiyasiz soha" loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar, bu borada Komplayns-nazorat tizimining joriy etilganligi va chora-tadbirlar rejalari haqida atroflicha maʼlumot berib, korrupsiyaga qarshi kurashishning eng samarali yoʻli, bu – ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash ekanligini ta'kidlab, bu borada talaba-yoshlarning fikrlariga quloq tutdi.

