Xorijiy filologiya fakultetida Navroʻz ayyomi munosabati bilan milliy, bahoriy taomlar koʻrgazmasi tashkil qilindi. Unda fakultet talaba-qizlari tomonidan tayyorlangan milliy taomlar qatnashchilar eʼtiboriga havola etildi.
Ushbu qadimiy bayramning ruhi va falsafasida mujassam bo‘lgan borliqni asrab-avaylab, doimo u bilan uyg‘un bo‘lib yashash, mehr-oqibat, xayr-u saxovat, bunyodkorlik, bag‘rikenglik, do‘stlik va hamjihatlik singari yuksak g‘oyalar bugungi kunda yanada teran mazmun va ahamiyat kasb etib borayotganini alohida ta’kidlash lozim.