2022-yilning 18-mart kuni universitetda maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tizimli amalga oshirish, yoshlarni boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish masalalariga bagʻishlangan seminar boʻlib oʻtdi.
Seminarda barcha fakultetlarning yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan muovinlari, xotin-qizlar masalalari boʻyicha dekan maslahatchilari hamda barcha fakultetlarning tyutorlar kengashi raisilari qatnashdilar.
Seminarda UrDU Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori S.Davletov soʻzga chiqib, bugungi kunda yoshlar bilan ishlash, ularni boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, yoshlar uchun munosib shart-sharoitlar yaratish va muammolarini oʻrganib, bartaraf etishga koʻmaklashish masalalari yuzasidan maʼruza qildi.
Seminar ishida dekan muovinlari, dekan maslahatchilari va tyutorlar kengashi raisilari mazkur masalalar yuzasidan oʻz fikr-mulohazalari va takliflarini bildirdilar.