Xorazm viloyati Xiva shahrida 14-22-mart kunlari Milliy va olimpia sport turlariga ixtisoslashtirilgan maktab-internatda kattalar o‘rtasida Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi.
Ushbu musaboqada Urganch davlat universitetining Jismoniy madaniyat fakulteti 203-guruh talabasi Zuhra Otojonova 1-o‘rin sohibasi boʻlib, Oltin medalni qoʻlga kiritdi.

Jismoniy madaniyat fakulteti 192-guruh talabasi Shaxloxon Abdullayeva 2-o‘rin sohibasi boʻlib, Kumush medalni qoʻlga kiritdi.

Jismoniy madaniyat fakulteti 205-guruh talabasi Qutlimurad Yusupov 2-o‘rin sohibi boʻlib, Kumush medalni qoʻlga kiritdi.

Jismoniy madaniyat fakulteti 205-guruh talabasi Kamola Karimova 1-o‘rin sohibasi boʻlib, Oltin medalni qoʻlga kiritdi.

Jismoniy madaniyat fakulteti 205-guruh talabasi Aytbayew Shyhmyrat 2-o‘rin sohibi boʻlib, Kumush medalni qoʻlga kiritdi.
