2022 yil 25 iyundan 7 iyulgacha Chеngdu (Xitoy) shahrida Butunjahon Univеrsiada musobaqasi bo’lib o’tishi bеlgilangan. Shunga ko'ra O’zbekiston badminton federatsiyasining 2022 yil 10-martdagi 23-sonli faksogrammasiga asosan joriy yilning 15-17 mart kunlari sportning badminton turi bo’yicha Toshkеnt shahrida erkaklar va ayollar o’rtasida O’zbеkiston saralash turniri o’tkazildi. Musoboqa natijalariga ko'ra UrDU JIsmoniy madaniyat fakulteti Sport faoliyati yo'nalishi 1-kurs 225-gurux talabasi Sotimboyеva Donigul Umidjon qizi 1-o'rin, JIsmoniy madaniyat yo'nalish 1-kurs 226-gurux talabasi Jabborov G’affor Yusufboy o’g’li 2-o'rinni egallab, 2022 yil 25 iyundan 7 iyulgacha Chеngdu (Xitoy) shahrida bo'lib o'tadigan Butunjahon Univеrsiada musobaqasiga yo'llanma oldilar.
https://urdu.uz/user_files/user_33/photo_2022-04-01_09-43-54.jpg
https://urdu.uz/user_files/user_33/photo_2022-04-01_09-43-26.jpg