Sport – salomatlik garovi. Bu soʻz bejizga aytilmagan. Doimiy harakatlar, sport mashqlari inson organizmini turli kasalliklardan muhofaza qiladi.
Jamiyatda sog'lom turmush tarzini shakllantirish, kasalliklarning oldini olish, aholi keng qatlamlarini, ayniqsa keksalar va yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanishga jalb etish, ommaviy sportning inson va oila hayotidagi muhim ahamiyatini targ'ib etish borasida bugun barcha idora-tashkilotlarda ommaviy sport tadbirlari oʻtkazilmoqda.
Shu jumladan, 2022-yil 20-aprel kuni Urganch davlat universitetida ham "Salomatlik uchun 5000 qadam" yurish marafoni hamda ertalabki badantarbiya mashg'ulotlari o‘tkazildi.
Unda universitetning 1000 nafardan ortiq rahbar-xodimlari, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlari ishtirok etdilar. Yurish marafoniga universitet maydonida start berildi. Ishtirokchilar belgilangan masofani bosib o'tgach, shu maydonda badantarbiya mashqlarini bajarishdi.


