Sog'lom turmush tarzini keng targ'ib etish, aholi orasida sportni ommalashtirish, Futbol sport turiga yoshlarni yanada qiziqtirish maqsadida Prezident maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov tashabbusi bilan ayni daqiqalarda Urganch shahri markazida joylashgan sport majmuasida "Futbol shou" bo'lib o'tmoqda.
Unda Xorazm viloyat hokimligi, viloyatdagi oliy ta'lim muassasalari rahbarlari va xalq ta'lim vakillari hamda talabalar o'rtasida futbol bo'yicha musobaqa o'tkazilmoqda.
Shouni Prezident maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov ochib berib, jamoalarga omad tiladi.
Ushbu musobaqada Urganch davlat universiteti rektori Bahrom Abdullayev boshchiligida universitetning barcha prorektorlari va boshqa rahbar xodimlari ham ishtirok etib, futbol maydonida bahsga kirishmoqdalar.
Shouning kun tartibidan konsert dasturlari ham o'rin olgan bo'lib, bu esa dam olish kunining yanada mazmunli o'tishiga zamin yaratmoqda.



