"Biz yangi O'zbekiston yoshlarimiz" shiori ostida Mini futbol boʻyicha Student’s Cup sport musobaqalarining Urganch davlat universiteti saralash bosqichi boʻlib oʻtdi.
Bugun, 12-may kuni bellashuvlarning ikkinchi kunida yarim final va final oʻyinlari oʻtkazilib, gʻolib va sovrindorlar aniqlandi.
Musobaqa yakuniga koʻra:
1-oʻrin – JISMONIY MADANIYAT FAKULTETI JAMOASI
2-oʻrin – TEXNIKA FAKULTETI JAMOASI
3-oʻrin – PEDAGOGIKA FAKULTETI JAMOASI
UrDU Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori S.Davletov gʻoliblarga esdalik sovgʻalarini va Jismoniy madaniyat fakulteti jamoasiga universitet bosqichining RAMZIY KUBOGIni topshirdi.



