PORTUGALIYANING PORTO UNIVERSITETI PROFESSORI PAULA RODRIGUES JISMONIY MADANIYAT FAKULTETI TALABALARIGA DARS BERMOQDA

Bugungi kunda Urganch davlat universiteti Portugaliya universitetlari bilan talaba va professor-oʻqituvchilar almashinuvi boʻyicha bir qator samarali hamkorlik aloqalarini olib bormoqda. 

Ayni kunlarda jahonning nufuzli Top 300 talik roʻyhatidan oʻrin olgan Porto universiteti professori Paula Rodrigues UrDU Jismoniy madaniyat fakultetida 16-maydan 26-may sanasiga qadar faoliyat olib borayotgani fikrimiz dalilidir. 

Sport yoʻnalishi boʻyicha belgilangan guruhlarda dars mashgʻulotlarini oʻtkazyotgan  professorning darslarida asosan, 3-kurs talabalari hamda barcha xohlovchi magistr va doktorantlar ham qatnashmoqdalar. 

Bugun, 19-may kuni  professor Paula Rodrigues "Scientific Article Structure in Scopus" mavzusida ilmiy maqola yozish koʻnikmasini shakllantirish boʻyicha ochiq dars mashgʻulotini oʻtkazdi.