Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayevning Sharqiy O‘rtayer dengizi universiteti, Arkin ijodiy san’at va dizayn univeristeti hamda Istanbul Aydin universiteti rahbariyati bilan ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini o‘rnatish masalalarini muhokama qilish maqsadida joriy yil 4-11-iyun kunlari Turkiya Respublikasiga xizmat safari rejalashtirilgan.
Xizmat safari doirasida 9-10 iyun kunlari Turkiyaning Izmir shahrida boʻlib oʻtadigan Turkiya va Oʻzbekiston texnik oliy taʼlim muassasalari forumida ishtirok etishi kutilmoqda.