UrDU rektori Arkin ijodiy san'at va dizayn universitetida bo'ldi

Xabaringiz bor,  Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev ayni kunlarda Turkiya Respublikasida xizmat safarini amalga oshirmoqda.

Tashrif asnosida joriy yil 7-iyun kuni, kunning birinchi yarmida  rektor B.Abdullayev  hamda prorektor Gʻ.Oʻrazboyevlar Shimoliy Kiprda joylashgan  Arkin ijodiy san’at va dizayn universitetida boʻldilar. Universitet jamoasi mehmonlarni iliq kutib oldi. Ushbu universitet prorektori prof. Dr. Ibrahim Dalkilich bilan kechgan rasmiy uchrashuvda kelgusidagi hamkorlik masalalari muhokama qilinib, universitetlar o'rtasida ilmiy tadqiqot va ta'lim sohasi bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib olindi hamda memorandum imzolandi. 

Shundan soʻng,  Arkin ijodiy san’at va dizayn universitetida talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, universitetning imkoniyatlari, moddiy-texnik bazasi bilan yaqindan tanishdilar, dars jarayonlarining guvohi boʻldilar.

urdu.uz, URDU REKTORI  ARKIN IJODIY SAN’AT VA DIZAYN UNIVERSITETIDA BOʻLDI