UrDU rektori Oʻzbekiston va Turkiya Texnika universitetlari forumida soʻzga chiqdi

Bugun, 2022-yilning 9-iyun kuni Turkiyaning Izmir shahrida Oʻzbekiston va Turkiya texnika universitetlari forumining rasmiy ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.  Ochilish marosimida Oʻzbekistonning 20 nafar oliy ta’lim muassasalari rektorlari, prorektorlari, xususan, Urganch davlat universiteti rektori B.Abdullayev, Xalqaro aloqalar boʻyicha prorektor Gʻ.Oʻrazboyev, Xorijiy filologiya fakulteti dekani Z.Jumaniyozovlar qatnashdilar.  Ochilish marosimidan soʻng forumning shoʻbalarida faoliyat boshlandi. 

Birinchi shoʻbada Urganch davlat universitet rektori Baxrom Abdullayev oʻz ma’ruzasi bilan qatnashdi.  Oʻz nutqida Xorazm viloyati sharoitlari, imkoniyatlar, iqtisodiy ahvoli, ta’lim tizimi, viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari hamda  Urganch davlat universitetining bugungi kundagi faoliyati, ta’lim tizimidagi oʻzgarishlar, texnika ta’lim yoʻnalishlari, sohadagi yutuqlar bilan taqdimot orqali tanishtirib oʻtdi.

urdu.uz, UrDU rektori Oʻzbekiston va Turkiya Texnika universitetlari forumida soʻzga chiqdi