O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-aprelda “Turizmni yanada rivojlantirish, ichki turizm bozorini kengaytirish, turizm ob’yektlarini ko‘paytirish hamda muzeylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari” yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash, milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, uning o‘sish sur’atlarini zamon talablari darajasida ta’minlash bo‘yicha “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari yuzasidan Urganch davlat universitetining bir guruh talabalari 2022-yil 18-iyun kuni Talabalarni turarjoy bilan ta’minlash ishlarini muvofoqlashtirish boʻlimi masʼullari hamda Tyutorlar kengashi raisi va faol aʼzolari boshchiligida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumaniga sayohatga yoʻl olishdi. Safar doirasida: Ayozqalʼa, Tuproqqalʼa, Qizilqalʼa, Nukus shahri, Moʻynoq tumanlarida sayohatda bo‘lib qaytishdi.