2022-yil 15-iyun sanasida Filologiya fakulteti tomonidan universitetning notiqlik madaniyatini o'zida shakllantira olgan, faol hamda tashabbuskor talabalari ishtirokida oʻtkazilib kelinayotgan “Yosh notiqlar” ko‘rik-tanlovining iyun oyi soni bo‘lib o‘tdi.
Unda Filologiya fakultetidan 5 nafar talaba mahorat maydonida kuch sinashdilar.
Mazkur ko‘rik-tanlovda universitetning bir guruh tashabbuskor, shijoatli, notiqlik mahoratini namoyon etishda o'zini sinash istagidagi talaba-yoshlari 2 shart bo'yicha oʻz mahoratlarini namoyish qildilar.
Har bir shart hakamlar hayʻati tomonidan munosib baholanib borildi. Natijalarga koʻra:
1- o'rin: Rahmonova Dilnura - 202-guruh talabasi,
Jumaniyozova Munis - 204-guruh talabasi,
2-o'rin: Pardayev Asadbek - Filologiya fakulteti sirtqi bo'lim 1-bosqich talabasi,
3-o'rin; Yusupboyeva Charos - Rus tili ta'lim yo'nalishi 1-bosqich talabasi.
Tadbirning badiiy qismi 194-guruh talabalari tomonidan tayyorlandi. Yurtimizning mashhur notiqlari tomonidan bildirilgan nutq madaniyatiga oid videoroliklar, dilbar qo'shiq-u go'zal raqslar, "Mehrobdan chayon" romani qahramonlari Anvar va Ra'noning go'zal suhbatini o'zida aks ettirgan sahna ko'rinishlari tomoshabinlar e'tiboriga havola etildi. Faxrli oʻrin sohiblari hamda tanlovda faol qatnashgan talabalar diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.