Bugungi kunda Urganch davlat universiteti Portugaliya universitetlari bilan talaba va professor-oʻqituvchilar almashinuvi boʻyicha bir qator samarali hamkorlik aloqalarini olib bormoqda. Ayni kunlarda jahonning nufuzli Top 300 talik roʻyhatidan oʻrin olgan Porto universiteti professori Paula Rodrigues UrDU Jismoniy madaniyat fakultetida 16-maydan 26-may sanasiga qadar faoliyat olib borayotgani fikrimiz dalilidir. Sport yoʻnalishi boʻyicha belgilangan guruhlarda dars mashgʻulotlarini oʻtkazyotgan professorning darslarida asosan, 3-kurs talabalari hamda barcha xohlovchi magistr va doktorantlar ham qatnashmoqdalar. Bugun, 19-may kuni professor Paula Rodrigues "Scientific Article Structure in Scopus" mavzusida ilmiy maqola yozish koʻnikmasini shakllantirish boʻyicha ochiq dars mashgʻulotini oʻtkazdi.