Tailand poytaxti Bangkok shahrida dzyudo bo‘yicha yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionati davom etmoqda. Ikki kunlik bahslar yakunida O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi 16 davlat orasida umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallagan edi.
20-iyuldan Bangkok tatamilarida yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati start oldi. Ilk kungi bellashuvlarda Urganch davlat universitetining sportchi talabalari -48 kg: Halimajon Qurbonova va -57 kg: Shukurjon Aminovalar Osiyo chempionatida oltin medalni qo'lga kiritishdi.
Gʻalaba muborak!
