Bugun Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev Tabiiy fanlar fakultetining 1-kurs talabalari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati yanada yuqori bosqichga koʻtarilganligi, yoshlarning oʻz iqtidor va salohiyatlarini yuzaga chiqarishlari uchun keng imkoniyatlar yaratib berilayotganligi, xususan, universitetda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar haqida toʻxtaldi.
Shuningdek, talabalarga yuqori choʻqqilarni zabt etishlari uchun hozirdan tayyorgarlik koʻrib borishlari lozimligi, til oʻrganib, zamon talablariga mos kadr boʻlishlari barcha imkoniyatlar mavjudligini qayd etdi, ta'lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish bo'yicha rejalari to'g'risida gapirdi.
Uchrashuv ochiq muloqot shaklida tashkil etildi.