Udmurtiya davlat universiteti bilan Urganch davlat universitetining ish dasturi muhokama qilindi

Bugun Urganch davlat universitetiga Rossiyaning hamkor Udmurtiya davlat universiteti O‘quv va tashqi ishlar bo‘yicha prorektori Mixail Mixaylovich Kibardin 2022/2023 o‘quv yilida universitetlar o‘rtasida tuzilgan Ish dasturini  muhokama qilish maqsadida tashrif buyurdi.

UrDU rektori B.Abdullayev bilan kechgan rasmiy muloqotda 2022/2023 o‘quv yilida universitetlar o‘rtasida tuzilgan Ish dasturi muhokama qilinib, talaba va professor-o‘qituvchilar almashinuvi hamda 2022-yilning 30-sentabr kuni UDUda Rossiya -O‘zbekiston ilmiy va o‘quv Madaniyat markazining ochilishi bo‘yicha muzokaralar olib borildi.

Uchrashuvdan so‘ng, mehmon Tabiiy fanlar fakulteti “Geografiya, geodeziya, kartografiya” kafedrasi professor-o‘qiutvchilari bilan uchrashib, kafedaraning xalqaro loyihalardagi ishtiroki, shuningdek,   hamkorlikda seminarlar tashkil etish bo‘yicha kelishib olindi.

urdu.uz, Udmurtiya davlat universiteti bilan Urganch davlat universitetining ish dasturi muhokama qilindi