1-oktabr – “Uztoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan Urganch davlat universiteti maʼmuriyati tomonidan universitet professor-o‘qituvchilari hamda faxriylari uchun bayram dasturxoni yozilib, o‘zbek milliy taomi osh berildi. Bayram oshi ustidagi shirin suhbatlar, shirin diydor va eʼtibor yosh qalblarga ilm ziyosini sochayotgan muallimlar qalbiga bayramona kayfiyat bagʻishladi.
Qoʻllar duoga ochilib, ezgu niyatlar qilindi, yoshi ulugʻlarimiz yoshlarimizning porloq kelajagi, yurtimiz ravnaqi uchun kamarbasta boʻlishdek sharafli kasb egalari sanalgan ustozlarning mashaqqatli faoliyatlarida kuch-quvvat, sogʻlik-omonlik tiladilar.