Bugun “Vazir kubogi” sport musobaqasining futbol bo‘yicha talaba-o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi qizgʻin baxslarida barcha jamoalar murosasiz kurash olib bordilar. Kun davomida bo‘lib o‘tgan musobaqalar natijalariga koʻra kunning ikkinchi yarmida gʻolib jamoalar eʼlon qilindi va universitet rahbariyati tomonidan munosib taqdirlandi. Sovrinlarni va esdalik sovgʻalarini Birinchi prorektor S.Davletov tantanali topshirdi.
Natijalarga koʻra:
1-o‘rin Jismoniy madaniyat fakulteti jamoasi;
2-o‘rin Tabiy fanlar fakulteti jamoasi;
3-o‘rin Iqtisodiyot fakulteti jamoasi.
“Vazir kubogi” Jismoniy madaniyat fakulteti jamoasiga nasib qildi!



