Urganch davlat universitetining bir guruh professor-oʻqituvchilari vazirlik eʼtiborida

Bugun Urganch davlat universitetida navbatdagi rektoroldi yigʻilishi oʻtkazildi. Yigʻilish avvalida UrDU rektori B.Abdullayev har yilgi anʼanaga koʻra bu yil ham universitetimizning bir guruh professor-oʻqituvchilari 1-oktabr – “Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan eʼtibor qaratilganini taʼkidladi.

Koʻp yillik samarali va halol mehnati hamda oʻz xizmat vazifasiga boʻlgan sadoqati uchun vazir A.Toshqulovning Faxriy yorligʻini va universitetning qimmatbaho sovgʻasini tabrik soʻzlari ila topshirdi: 

“Milliy gʻoya, maʼnaviyat asoslari va huquq” kafedrasi mudiri Umarbek Sharipov; 
“Tarix” kafedrasi katta oʻqituvchisi Nazokat Abdullayeva;
“Matematik injiniring” kafedrasi mudiri Anvarbek Reyimberganov;
Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi Sherali Allaberganov;
“Roman-german filologiyasi” kafedrasi katta oʻqituvchisi Feruza Masharipova.

Eʼtirof etilgan barcha ustozlarimizni samimiy muborakbod etamiz!

urdu.uz, Urganch davlat universitetining bir guruh professor-oʻqituvchilari vazirlik eʼtiborida